Soʻnggi 5 yilda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni qanchaga koʻpaydi?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2023-yil 1-sentyabr holatiga xorijiy investitsiya ishtirokida roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning soni 17 735 tani tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.
Soʻnggi besh yilda xorijiy investitsiya ishtirokida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar soni (1-sentyabr holatiga):
2019-yil – 9 844 ta
2020-yil – 11 807 ta
2021-yil – 13 590 ta
2022-yil – 15 159 ta
2023-yil – 17 735 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring