Soliqchilar oilasi – sportchilar oilasi
Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini, elimizning goʻzal urf-odatlari va qadriyatlarini oʻzida asrovchi moʻjaz maskan. Maʼlumki, 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida jahon miqyosida keng nishonlanadi.
Sana munosabati bilan Davlat soliq qoʻmitasida “Soliqchilar oilasi — sportchilar oilasi” shiori ostida markaziy apparat va tizim tashkilotlari xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida stol tennisi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Unda ota-onalar va farzandlardan tarkib topgan jamoalar oʻzaro bahs olib bordi. Oilaviy tennis musobaqasi doirasida jamoalar nafaqat gʻoliblik uchun kurash olib bordi, balki oʻzaro muloqotga kirishib, dildan suhbat qurishdi. Bolajonlar oʻzlariga yangi doʻstlar orttirdi.
Tadbir soʻngida musobaqa gʻoliblari va barcha ishtirokchilarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring