Soliq tizimi va soliqchilar faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi
Jumladan, 40 mingta byudjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Byudjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspeksiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.
Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.
Buning hisobiga, tumanlardagi qoʻshimcha 200 nafar soliqchini “mahallabay” ishlash tizimiga oʻtkazish imkoni boʻladi.
Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim boʻladi.
Buning uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring