Soliq qoʻmitasi huzuridagi Yirik soliq toʻlovchilar inspeksiyasi faoliyati takomillashtiriladi
Prezident raisligida toʻqimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yirik korxonalarning mahallalarda filiallarini tashkil qilish amaliyotini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Chunki korxona boshqa hududda filial ochsa, ortiqcha vaqt va xarajat qilib, yangidan standart joriy qilishi yoki sertifikat olishi shart emas.
Oʻz faoliyatini yiriklashtirgan korxonalar bilan ishlashda Soliq qoʻmitasi huzuridagi Yirik soliq toʻlovchilar inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Bundan buyon Inspeksiya faqat yirik strategik tarmoqlarga masʼul boʻlishi taklif qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring