Soliq qoʻmitasi bir oyda 1 mlrd dollar mablagʻ tushiradi — Kudbiyev soʻnggi yillarda soliq tushumlari ortganini maʼlum qildi
Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda soliq tushumlari haqida berilgan savolga javob berdi.
«Oʻtgan yili may oyida Soliq qoʻmitasi rahbarligiga kelganman. Oʻshanda bizda soliq tushumlari 7,2 trln soʻm edi. Dollarga hisoblasak bu 720 mln dollarni tashkil qiladi. Bugungi kunga kelib Soliq qoʻmitasi bir oyda soliqlardan 10 trillion soʻmdan ortiqroq mablagʻ tushiradi. Dollarga hisoblasangiz bu 1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Soliq organlari bir oyda bir milliard dollar davlat byudjetiga mablagʻ tushiradi.
Bu Prezidentimizning soliq siyosatidagi islohotlaridan keyin, 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi soliq kodeksini ishlab chiqilganidan hayotga tatbiq qilinganidan soʻng roʻy berdi. Bugun bu islohotlar meva berishni boshladi», deya taʼkidladi Sherzod Kudbiyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring