Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi

10:23 05 Sentyabr 2023 Jamiyat
712 0

Иллюстратив фото

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilar taqiqlanadi:

➖ soliq toʻlovchining hududiga kirish;

➖ soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;

➖ soliq toʻlovchining hujjatlarini talab qilib olish va uni chaqirtirish;

➖ soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.

2024-yil 1-yanvardan:

— iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy sudlar yurisdiksiyasiga oʻtkaziladi;

— soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.

— aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʻyicha foizlar neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi;

— toʻlov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati oʻtgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy toʻlov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoʻllashga yoʻnaltirish tartibi oʻrnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер