Soxta kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Boʻka tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.S. qalbaki 1 mln 550 ming soʻmni fuqaro S.X.ga oʻtkazgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Ushbu qalbaki kupyuralarni fuqaro E.S. tanishi O.O. bilan oldindan til biriktirib, kompyuter va rangli printerdan foydalangan holda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, jami 5 mln soʻm boʻlgan 50 000 soʻmlik qalbaki kupyuralar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan E.S. va O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring