Soxta havola yuborish orqali sodir etilgan oʻgʻirlik jinoyati fosh etildi

15:30 04 Yanvar 2024 Jamiyat
616 0

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashovchi 34 yoshli M.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.470.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yashovchi 26 yoshli J.B. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, J.B. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali “Aksiyada ishtirok eting!» mazmunidagi yolgʻon eʼlonlar ostida soxta havola joʻnatib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi maʼlumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qoʻlga kiritib, ular hisobidagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, J.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер