Soxta havola orqali oʻzganing pullarini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi

18:57 19 Sentyabr 2024 Jamiyat
384 0

Foto: “Xalq soʻzi” / Muhsin Umurzoqov

Qoraqalpogʻistonda Telegramʼga soxta havola joylab, shu orqali oʻzganing pullarini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyatida yashovchi Y.M. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 16 mln 410 ming soʻm nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qoraqalpogʻistonda yashovchi A.J. sodir etganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, A.J. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali soxta havola joʻnatib kelgan. Bunga ishongan Y.M.ning bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 16 mln 410 ming soʻmni oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Manbaga koʻra, mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер