Soʻxdagi tartibsizliklar uchun 22 kishi jazoga tortildi
Bugun, 18-mart kuni, Fargʻona viloyat sudida Soʻx tartibsizliklar boʻyicha sudlanayotgan jami 22 nafar fuqaroga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Sudlanuvchilar M. Axmedov (1973-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), N. Jurayev (1972-yilda Rishton tumanida tugʻilgan), R. Mirsharipov (1974-yilda Rishton tumanida tugʻilgan), F. Axrorov (1995-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), D. Mallayev (1997-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), O. Otashev (2000-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), Sh. Mirzojonov (2000-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), B. Shodiyev (1980-yilda Rishton tumanida tugʻilgan), Yo. Jurayev (2002-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), Sh. Maxmadaliyev (1993-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), Z. Zaylobov (2001-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), Sh. Olimov (2002-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), B. Foziljonov (1976-yilda Rishton tumanida tugʻilgan), X. Safarjonov (2001-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), R. Xasanov (1988-yilda Rishton tumanida tugʻilgan), X. Rahmonaliyev (1997-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), S. Ismatov (1996-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), J. Boronboyev (1996-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), D. Xolmatjonov (1999-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan), F. Jonuzokov (1988-yilda Rishton tumanida tugʻilgan), I. Sobirov (2002-yilda Rishton tumanida tugʻilgan) va S. Parpiyev (1975-yilda Soʻx tumanida tugʻilgan) ga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilingan.
Ushbu jinoyat ishi Fargʻona viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi T. Vahobov raisligida hamda xalq maslahatchilari N. Musinova va Z. Qosimovadan iborat sud tarkibida koʻrib chiqilgan.
Fargʻona viloyat sudining 2021-yil 18-martdagi hukmiga koʻra:
M. Axmedov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) ni qoʻllab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
N. Jurayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
R. Mirsharipov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R. Mirsharipovning 2020-yilning 22-avgust kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
F. Axrorov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F. Axrorovning 2020-yilning 22-avgust kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
D. Mallayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D. Mallayevning 2020-yilning 10-avgust kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 7 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 4 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
O. Otashev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. O. Otashevning 2020-yilning 22-avgust kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
Sh. Mirzojonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Mirzojonovning 2020-yilning 25-avgust kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 23 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 7 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
B. Shodiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B. Shodiyevning 2020-yilning 23-avgust kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 6 oy 25 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 5 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
Yo. Jurayev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Yo. Joʻrayevning 2020-yilning 22-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar qamoqda saqlangan 5 oy 26 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 6 oy 4 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
Sh. Maxmadaliyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Maxmadaliyevning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
Z. Zaylobov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Z. Zaylobovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
Sh. Olimov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qoʻllab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Sh. Olimovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
B. Foziljonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. B. Foziljonovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
X. Safarjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X. Safarjonovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
R. Xasanov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. R. Xasanovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
X. Rahmonaliyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. X. Rahmonaliyevning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
S. Ismatov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S. Ismatovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
J. Boronboyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. J. Boronboyevning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
D. Xolmatjonov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. D. Xolmatjonovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
F. Jonuzokov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. F. Jonuzokovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 3 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
I. Sobirov Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57, 84-1-moddalarini qoʻllab, 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. I. Sobirovning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 1 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
S. Parpiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qoʻllab, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. S. Parpiyevning 2020-yilning 10-sentyabr kunidan 18-mart kuniga qadar uy qamogʻida saqlangan 6 oy 8 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, unga oʻtash uchun 4 yil 5 oy 22 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.
Jinoyat oqibatida Fargʻona viloyat IIB foydasiga yetkazilgan 9 996 341 soʻm moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.
Mazkur jinoiy ish boʻyicha sudga raislik qiluvchi tomonidan chiqarilgan hukmning mazmuni batafsil tushuntirilib, sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga ushbu hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring