Soʻxda sel toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

10:50 07 Avgust 2021 Jamiyat
1074 0

2021-yil 6-avgust kuni Soʻx tumanining togʻoldi hududlarida kuchli yomgʻir va jala yogʻishi natijasida suv toshqini yuzaga kelgan, natijada Umbara, Devayron mahallalarida yashovchi fuqarolarning hovlilari, ekin maydonlari va qoʻshimcha binolariga zarar yetgan. Navobod mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Malbud massivi hududida ham suv toshqini yoʻllarni toʻsib qolishiga sabab boʻlgan.

Fargʻona viloyat hokimligi tarqatgan xabarga koʻra, yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha tezkor shtab tashkil etildi va ayni damda bu boradagi ishlar jadal davom etmoqda.

Tezkor shtab aʼzolari tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida darhol voqea joyida yetib borishdi. Sel oqibatida talofat koʻrgan hududlarni tozalash maqsadida barcha texnika va kuchlar safarbar etildi. Eng asosiysi, aholi oʻrtasida talofat koʻrganlar yoʻq, tabiiy ofat fuqarolarga zarar yetkazmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер