Soyliq — Oqtosh yoʻnalishidagi koʻpriklar taʼmirlanishi sababli transport harakati cheklanadi
Boʻstonliq tumani 4R6V “Toshkent shahar — Chirchiq shahar — Chimyon qoʻrgʻoni avtomobil yoʻlidan Semurgʻ oromgohiga shoxobcha” (Soyliq— Oqtosh yoʻnalishi) avtomobil yoʻlining 0-8 km.da joylashgan koʻpriklarni qayta taʼmirlash maqsadida joriy yilning 23-may soat 12:00 dan 11-iyul 17:00 ga qadar transport harakati cheklanadi.
Bu haqda Boʻstonliq tumani hokimligi maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring