Sogʻlom odamga koronavirus yuqishi oʻntadan bitta holatda yuz berishi rostmi? 

20:42 11 Aprel 2020 Dunyo
2156 0

Sogʻlom odamga tashqi muhitdan koronavirus yuqishi oʻntadan bitta holatda yuz berishi mumkin ekan. Bu haqda singapurlik olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga tayanib, AQSHning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi maʼlum qildi.

Tadqiqot 2020-yilning 23-yanvaridan 16-martiga qadar Singapurda 243 nafar bemorning tekshiruvlari asosida oʻtkazilgan. Ularning 157 nafari mamlakat hududida kasallangan.

Xususan, 52 yoshli ayol koronavirusni cherkovdagi oʻrindiqqa oʻtirib yuqtirib olgan. Mazkur oʻrindiqqa ayoldan bir necha soat oldin ikki nafar xorijlik virus tashuvchi oʻtirgan. Oʻsha vaqtda mazkur xorijliklarda kasallik alomatlari sezilmagan edi.

Taʼkidlanishicha, koronavirusning alomatlari yuzaga kelishidan oldin tarqalishi uning oldini olish boʻyicha choralarni qiyinlashtirmoqda va ijtimoiy masofa saqlash zarurligini koʻrsatmoqda. AQSHning Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligini kasallanganlar bilan aloqada boʻlganlarni aniqlashda tashqi muhitdan zararlanish ehtimolini hisobga olishga chaqirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер