Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida nechta yangi korxona, tashkilotlar tashkil etildi?

10:52 11 Avgust 2021 Iqtisodiyot
552 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 053 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 125,5 % ga oshgan.

2021-yilning 1-avgust holatiga koʻra, ushbu sohada jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 959 tani tashkil etmoqda.

2021-yil yanvar-iyul oylarida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega boʻlgan hududlar:

  • Toshkent shahri – 203 ta
  • Fargʻona viloyati – 123 ta
  • Samarqand viloyati – 110 ta
  • Toshkent viloyati – 88 ta

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер