Sogʻliqni saqlash tizimidagi kollej va texnikumlarga hujjatlar onlayn qabul qilish davom etmoqda — SSV

17:29 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
2568 0

Shu kunlarda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot kollejlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga abituriyentlarning hujjatlarini onlayn qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Hujjatlarni qabul qilish joriy yil 25-sentyabrga qadar davom etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayonnomalariga asosan, tizimida kollej va texnikumlar boʻlgan vazirlik va idoralar qatori, sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga ham grant hamda toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalari belgilandi.

Unga koʻra, tizimdagi mavjud 28 ta tibbiyot kollejlariga 832 nafar grant, 14346 nafar toʻlov-kontrakt, 47 ta Jamoat salomatligi texnikumlariga esa 967 nafar grant, 22543 nafar toʻlov-kontrakt, jami 1799 nafar oʻquvchi grant asosida hamda 36889 nafar oʻquvchi toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi. Shunday qilib, respublika boʻyicha 38688 nafar oʻquvchi tibbiyot kollejlari va Jamoat salomatligi texnikumlariga qamrab olinadi.

"Abituriyentlar va ularning ota-onalari oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida tashkil etilgan Call-markazi (71 246-11-92 telefon raqami)ga, shuningdek, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Call-markazlariga murojaat etishlari mumkin. Ushbu markazlar haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00-18:00ga qadar faoliyat koʻrsatadi" deyiladi vazirlik xabarida.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер