Sogʻliqni saqlash organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishda kamchiliklar aniqlandi
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning may oyida Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning tarkibiy tuzilmalari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilish holati oʻrganildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra sogʻliqni saqlash organlari tomonidan 5 700 dan ortiq holatda (3000 dan ortiq holatda arizalar belgilangan muddatda koʻrib chiqilmagan, 2000 dan ortiq holatda davlat xizmatini koʻrsatish taribiga rioya etilmagan, 90 dan ortiq holatda fuqarolardan ortiqcha hujjat olingan) davlat xizmatlari koʻrsatishda qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaslik holatlari aniqlangan.
Natijada sogʻliqni saqlash organlarining 250 dan ortiq xodimga nisbatan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonunchlik hujjatlarini buzganliklari uchun maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan 300 dan ortiq taqdimnomalar kiritilib, 50 dan ortiq xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring