Slovakiya mamlakat aholisini “Covid-19”ga qarshi umumiy testdan oʻtkazishga qaror qildi
Koronavirusning tarqalishi fonida Slovakiya hukumati mamlakatning 10 yoshdan oshgan barcha aholisini “Covid-19”ga qarshi testdan oʻtkazishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yaroslav Naji maʼlum qildi.
“Hukumat Mudofaa vazirligiga aholini “Covid-19”ga qarshi testga oʻtkazish vazifasini topshirdi. Bu eng katta xavf bor hududlarni aniqlashga va kasallik alomatsiz kechayotganlar fuqarolarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish imkonini yordam beradi”, - dedi vazir.
Uning qoʻshimcha qilishicha, ushbu vazifani bajarish uchun 8 mingga yaqin harbiy xizmatchi safarbar qilinadi.
Test tadbirlari 23 — 25-oktyabr kunlari kasallik eng koʻp tarqatgan hududlarda, 30-oktyabr —1-noyabrgacha va 6 — 8-noyabr kunlari mamlakatning boshqa hududlarida oʻtkaziladi.
Slovakiyaning aholisi 5 455 030 kishini tashkil etadi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 29 835 kishi koronavirus bilan zararlangan, ushbu infeksiya asoratlari oqibatida 88 bemor hayotdan koʻz yumgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring