“Skripka” operatsiyasi fosh etildi
Bu suratga qaragan kishi “oddiy skripkaku” deyish mumkin. Biroq...
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” bojxona postiga keltirilgan mana bu xalqaro pochta joʻnatma bir qarashda oddiy skripka.
Bojxona xodimining hushyorligi natijasida navbatdagi huquqbuzarlik fosh boʻldi.
Unga koʻra, mazkur joʻnatma rengent qurilmasi orqali boxona nazoratidan oʻtkazilganida, skripkaning yuqori qismidagi alohida oʻrinda halqaro pochta deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, ogʻirligi 86,4 gr. boʻlgan 22 dona tilla buyumlar borligi aniqlandi.
Tilla buyumlarning qiymati 36 mln. soʻmni tashkil etmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, 2013-yilda Bern shahrida imzolangan Xalqaro pochta ittifoqining pochta joʻnatmasi reglamenti bayonnomasi va Umumjahon pochta konvensiyasiga muvofiq, pochta joʻnatmasi orqali yuborilayotgan barcha tovarlar xalqaro pochta deklaratsiyasida toʻliq qayd etilishi shartligi, shuningdek, pochta joʻnatmasi orqali zargarlik buyumlarini yuborish taqiqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring