«Sitorai Mohi Xossa» majmuasidagi restavratsiya ishlari notoʻgʻri olib borilgani uchun saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yoʻqotilgani aniqlandi
Foto: Illustrativ foto
Bu haqida Madaniy meros agentligi axborot xizmati tomonidan maʼlumot berildi.
Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Agentlik oʻrganishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.
Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatlar boʻyicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Maʼlumot uchun: Sitorai Mohi Xossaning binolari amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920-yillar) hukmronligi davrida qurilgan. Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (shundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh tashrif buyuradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring