Siril Ramafosa yana Janubiy Afrika Respublikasi prezidentligiga saylandi
Foto: AP
Janubiy Afrika Respublikasi parlamenti quyi palatasi (Janubiy Afrika Respublikasi Milliy assambleyasi) deputatlari Siril Ramafosani mamlakat prezidenti etib qayta sayladi. Ovoz berishda ishtirok etgan 339 deputatdan 283 nafari Siril Ramafosa uchun ovoz bergan. U 2018-yil Jeykob Zumadan keyin hokimiyatga kelgan edi.
Shu yilning 29-may kuni mamlakatda parlament saylovlari boʻlib oʻtgandi. Mamlakat qonunchiligiga koʻra, saylovdan soʻng ikki hafta ichida Milliy Assambleya Prezidenti, Spiker va uning oʻrinbosarini saylash uchun yigʻilishi shart.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring