Sirdaryoda yana bir IES tamal toshi qo‘yildi
Foto: “Xalq so‘zi”
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida loyiha qiymati 150 million dollarga teng, 220 megavatt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan bunyod etiladigan IES qurilishini 2022 yilning avgust oyiga qadar tugatish rejalashtirilgan. Mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqaradigan elektr energiyasi milliy energotizimga ulanadigan ushbu IESning yonilg‘i sarfi turdosh korxonalarnikiga nisbatan deyarli ikki baravar kam bo‘lishi alohida ahamiyatga molik.
Yangi IES qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va “Cengiz Enerji” kompaniyasi bosh direktori Axmet Jengiz ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun aytish o‘rinliki, ayni paytda Boyovut tumanida ham yana bir yirik bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilmoqda. Shuningdek, viloyatda Markaziy Osiyodagi eng ulkan energiya korxonasi – Sirdaryo IES hamda tarixiy Farhod GESi ham yuqori quvvatda ishlab turibdi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring