Sirdaryoda oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kamerasi orqali navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahri hududida fuqaro A.A. tomonidan noqonuniy joyga chiqindi tashlandi.
Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan “Navbahor” MFY hududiga oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga muhrlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. A. A. BHMning bir barobari — 330 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.
Maʼlumot uchun, ayni damda Toshkent shahri hamda Toshkent, Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida onlayn kuzatuv kameralari faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, boshqa hududlarda ham shunday kameralar oʻrnatish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring