Sirdaryoda “Nexia-1” toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urildi. Oqibatda haydovchi vafot etdi

14:00 19 Iyun 2024 Jamiyat
438 0

Foto: Videodan kadr

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidaNexia-1” rusumli transport vositasi toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqdaXalq soʻziga viloyat YHXBdagi manbasi xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa bugun, 19-iyun kuni soat 05:30 larda Sardoba tumani Otayurt MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 931-km.da sodir boʻlgan.

Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli K.A.Nexia-1” rusumli transport vositasida Toshkent-Termez yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolgan va rul boshqaruvini yoʻqotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda yoʻl chetida toʻxtab turgan MAN rusumli yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Foto: “Xalq soʻzi” manbasi

Oqibatda yengil mashina haydovchisi A.K.Ogʻir qoʻshma jarohat, yuqori jagʻ suyagi yopiq sinishi, oʻng tirsak suyagi sinishi, oʻng son suyagi yopiq sinishi va lab yirtilishijarohati bilan Sardoba tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan, biroq u olgan tan jarohatlari ogʻirligidan shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, “Nexia-1”ning old oʻrindigʻida oʻtirgan yoʻlovchisi M.D.Ogʻir qoʻshma jarohat, chap yanoq yopiq sinishi, BMYJ, burni sinishi va lab yirtilishijarohati tashxisi bilan tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sardoba tumani IIB huzuridagi TG tergovchisi kapitan A.Boʻtayev tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi manba xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер