Sirdaryoda bolasini besh ming dollarga sotmoqchi boʻlgan ayolga hukm oʻqildi
Sirdaryoda 5 kunlik chaqaloqni 5 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan ayolga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Uznews xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilning 8-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro bola tugʻib, 5 kunlik chaqaloqni “xaridor” boʻlib kelgan Sirdaryo viloyati IIB xodimiga 5 ming AQSH doll aria sotib yuborgan.
Qayd etilishicha, ayol militsiya xodimi bilan oldindan kelishgan, kimyoviy moddalar bilan maxsus ishlov berilgan pullarni oʻtkazish vaqtida ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan.
Sud barcha holatlarni oʻrganib chiqib, ayolni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi, odam savdosi qurboniga aylangan bola esa vasiylik va homiylik organlariga topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring