Sirdaryoda avtobus va 3 ta yengil mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yoʻlovchi tashuvchi avtobus 3 ta yengil mashina bilan toʻqnashdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 1-aprel kuni soat 16:15 larda Oqoltin tumani “Ahillik” MFY hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 925-kilometrida sodir boʻlgan. Termiz-Toshkent yoʻnalishida “Nexia”, “Matiz” va “Cobalt” rusumli yengil avtomobillar hamda “Yutong” rusumli avtobus oʻzaro toʻqnashib ketgan.
“YTH oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Hodisa joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring