Sirdaryoda 614 mln soʻmni oʻzlashtirgan MCHJ sobiq rahbari aniqlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.O.” MCHJ sobiq rahbari A.X. va sobiq hisobchisi I.M.lar oylik ish haqi tarqatilganligi haqidagi hujjatlarni soxtalashtirish orqali MCHJning jami 614 mln soʻm mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring