Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Turkiyaning «Cengiz Enerji» kompaniyasi tomonidan qurilgan, quvvati 220 MVt boʻlgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi bugun, 20-noyabr kuni soat 10:22da Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga quvvat uzatishni boshladi.
Mazkur elektr stansiya yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Stansiyada oʻrnatilgan qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 150 mln metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz bilan qoʻshimcha 685 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.
Ahamiyatlisi, stansiya qurilishi davomida 700 nafargacha, ishga tushgandan keyin esa 100 nafar yangi ish oʻrni yaratildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring