Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun faunaga doir original xarita yaratildi

05:48 16 Mart 2024 Jamiyat
640 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova 2023-yildagi muhim ilmiy natijalar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida bugungi kunda 35 ta ilmiy tashkilot, 210 ta ilmiy laboratoriya va boʻlimlarda 78 ta akademik, 488 ta fan doktori, 831 nafar fan nomzodi, 2831 ta ilmiy xodim faoliyat yuritmoqda.

Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarida ilmiy texnika dasturlarida 81,7 mlrd soʻmlik 139 ta loyiha bajarilmoqda.

Shuningdek, Akademiyaga 2023-yilda fundamental tadqiqotlar uchun davlat byudjetidan 33,1 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Yana bir muhim jihatlardan biri Fanlar akademiyasi tizimida bugunga qadar mavjud boʻlgan Bioorganik kimyo, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutlarida tashkil etilgani kabi Umumiy va noorganik kimyo institutida ham xorijdan keltirilgan 6 ta noyob asbob-uskunadan iborat jamoaviy foydalanish markazi ishga tushirildi.

Oʻtgan bir yil davomida xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun 48 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Sharqshunos olimlarimiz tomonidan Abu Rayhon Beruniyning «Tanlangan asarlar»ining toʻqqizta jildi, shuningdek, «Hindiston» asari qoraqalpoq tilida chop qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер