Sirdaryo va Surxondaryoda yirik miqdorda noqonuniy elektr isteʼmoli fosh etildi

10:24 01 Iyul 2025 Jamiyat
256 0

Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida yirik miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu holat fosh etilgan.

Qayd etilishicha, “A.G.” fermer xoʻjaligi rahbari Gʻ.S. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 211,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻldi.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyati Uzun tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “U.A.” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari O.A. ham tijorat maqsadida suv nasosini noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 100,1 million soʻmlik elektr energiyasidan foydalanib kelgani aniqlangan.

Har ikkala holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan qonunga muvofiq choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер