“Sirdaryo navolari” – xalqaro festival gʻolibi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Sirdaryo navolari” raqs ansambli shu yilning 23-25-may kunlari Janubiy Koreyada oʻtkazilgan xalqaro sanʼat festivalida birinchi oʻrin sohibi boʻldi.
“Har ikki yilda boʻladigan mazkur folklor festivali ishtirokchilari “Savat” va “Gilam” deb nomlangan raqslarimizni davomli olqishlar bilan eʼtirof etdilar.Aytish lozimki, ayni chogʻda baletmeysterimiz, Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi Barnoxon Xoliqova tomonidan sahnalashtirilgan “Savat” raqsi badiiy jamoamizning tashrif qogʻoziga aylangan” deydi ansambl aʼzosi Izzatoy Oʻrolova.

Maʼlumot uchun, “Sirdaryo navolari” 2001-yilda tashkil etilgan. Unga koʻplab qoʻshiqlari, ayniqsa, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” ashulasi bilan nom qozongan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Asatillo Xoliqov badiiy rahbarlik qilib kelmoqda. Guruh oʻzbek raqs sanʼati dovrugʻini jahonga yoyishga oʻzining samarali hissasini qoʻshayotir. Binobarin, ansambl oʻtgan yillar davomida dunyoning koʻplab mamlakatlarida ijodiy safarda boʻldi.
Madina MAMIROVA, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring