Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

12:02 06 Noyabr 2023 Jamiyat
195 0

Yurtimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi viloyat bojxonachilari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan “CAPTIVA” rusumli avtoulovda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada ruxsat beruvchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan fuqaroning sumkasidan qiymati 53 mln. soʻmlik dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Eslatib oʻtamiz, Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida “Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida” Qonuniga muvofiq, dori vositalarini realizatsiya qilish faqat dorixonalar  tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер