Sietl-Toshkent Qardosh shaharlar uyushmasi vakillarining tashrif buyurishdi
Maʻlumki, shu kunlarda Toshkent va Sietl shaharlari oʻrtasida qardoshlik aloqalari oʻrnatilganining 50 yilligi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan poytaxtimizga Sietldan Qardosh shaharlar uyushmasining vakillari tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida mehmonlar ikki shahar hamkorligi, mavjud muammolar va kelgusida oʻzaro faoliyatni takomillashtirishni muhokama qilish barobarida, Toshkent shahridagi “Doʻstlik” istirohat bogʻi hududida tashkil qilingan “Sietl” Tinchlik bogʻiga tashrif buyurishdi.
Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Faxriddin Davrukov mehmonlarga hamrohlik qilgan holda, shaharlarning qardoshligi, rishtalari yanada mustahkamlanib borishiga ishonch bildirdi.
“Sietl” Tinchlik bogʻini koʻzdan kechirgan mehmonlar uning obodligi, yoritgichlar, oʻrindiqlar bilan jihozlangani, gullar, butalar va daraxtlarga boy yashil makonligini eʻtirof etib, mamnuniyat bildirishdi. Bu bogʻ ikki shahar aholisini bogʻlab turuvchi rishta ekanligini aytib, qardoshlik va tinchlik timsoli ekaninii taʻkidlashdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring