Shvetsiya shimoliy hududlarni himoya qilish uchun qoʻshma armiya tuzish taklifi bilan chiqdi

00:04 29 Oktyabr 2022 Dunyo
1339 0

Foto: Reuters

Shvetsiyaning eng muhim vazifalaridan biri oʻz armiyasini Skandinaviya yarim orolining shimolidagi davlatlar — Finlyandiya va Norvegiya qoʻshinlari bilan muvofiqlashtirishdir. Bu haqda Shvetsiyaning sobiq mudofaa vaziri, mamlakat parlamenti mudofaa qoʻmitasining amaldagi raisi Peter Xultkvist maʼlum qildi.

Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Arktika doirasidan shimolda joylashgan shimoliy hududlarni himoya qilish uchun Norvegiya — Finlyandiya — Shvetsiya qoʻshma armiyasini yaratishga chaqirdi. 

«Bizda NATOda Skandinaviyada sifatli rejalashtirish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha narsani qilishga jiddiy niyat bor. Biz umumiy masʼuliyatga egamiz. Bu NATO asoslaridan biri — jamoaviy javobgarlik. Skandinaviyada bir-birimizga yordam berish alohida burchimiz», deydi Xultkvist.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya uzoq vaqt davomida Gʻarb davlatlari uchun jiddiy sinov boʻlib qoladi va Ukrainadagi mojaroning tugashi buni oʻzgartirmaydi. «Bizda NATO va Yevropa Ittifoqida kuchli qoʻrgʻon va birdamlikka ega harbiy kuch boʻlishi kerak», deb xulosa qildi parlament mudofaa qoʻmitasi raisi.

Shu yilning 5-iyul kuni Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde va NATOning 30 ta davlati elchilari NATO qarorgohida oʻtkazilgan rasmiy marosimda ikki shimoliy davlatning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qoʻshilishi haqidagi protokollarni imzoladi.

Joriy yilning 29-iyun kuni Madriddagi sammitda NATO davlatlari rahbarlari Finlyandiya va Shvetsiyani alyansga qoʻshilishga rasman taklif qilishdi. Skandinaviya davlatlari bahorda tegishli arizalarni topshirish orqali tashkilotga aʼzo boʻlish istagini bildirdi. Ayni paytda bu ikki davlatning alyansga kirishini faqat Vengriya va Turkiya ratifikatsiya qilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер