Shubhali haydovchining yonidan “marixuana” topildi
2022-yil 17-iyul kuni Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida xizmat olib borgan YPX xodimlari tomonidan "Spark“ rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1985-yilda tugʻilgan X.N. koʻrinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida uning yonidan 57,7 gr “marixuana” (ekspertiza xulosasi) giyohvandlik moddasi topilgan.
Holat yuzasidan fuqaro X.N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring