Shri-Lanka sohillarida neft ortilgan supertanker yonib ketdi
Payshanba kuni Shri-Lankaning sharqiy qirgʻogʻida neft supertankeri yonib ketdi. Rasmiylar neft ortilgan tankerni qirgʻoqqa yaqinlasha boshlagandan soʻng uni shatakka olishni boshladi, deb xabar beradi Reuters.
Taxminan 2 million barrel neft ortilgan New Diamond tankeridagi yongʻin davom etmoqda. Tanker bortida 23 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan, ulardan biri vafot etgan, qolganlari qutqarildi. Kemadan neft toʻkilganligi haqida xabar yoʻq.
Yongʻinni oʻchirishga Rossiya dengiz floti va Hindistonning qirgʻoq qoʻriqlash kemalari jalb qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring