Shotlandiyada bolalarni urish qonun bilan taqiqlandi
Shotlandiya aholisiga 16 yoshga toʻlmagan bolalarni tarbiyalash maqsadida jismoniy jazolash taqiqlandi. Mamlakat parlamenti tomonidan maʼqullangan yangi qonun 7-noyabr, shanba kunidan kuchga kirdi, deb yozmoqda “Express and Star”.
Avvalroq, ota-onalar va vasiylarga bolalarga shapaloq tushirishlariga ruxsat berilgan edi.
Bolalarni jismoniy jazolash ilk marotaba shvedlar tomonidan 1979-yilda taqiqlangan. Shotlandiya esa ushbu qonunni qabul qilgan 57 mamlakatga aylangan.
Taʼkidlanishicha, bolalarni jismoniy jazolashga rasmiy taqiq kelasi yil boshida Uelsda ham tasdiqlanadi. Angliya hamda Shimoliy Irlandiya esa hali bunday qonun loyihasini koʻrib chiqishni rejalashtirmayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring