Shoira Gulchehra Nurullayeva 83 yoshida vafot etdi
Фото: Халқ сўзи
2021-yilning 15-yanvar kuni shoira Gulchehra Nurullayeva 83 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” nashriga marhumning yaqinlari maʼlum qildi.
Gulchehra Nurullayeva 1938-yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlogʻida tugʻilgan.
Gulchehra Nurullayevaning “Orzularim qoqadi qanot” (1969), “Tashnaman” (1972), “Ikkinchi bahor” (1973), “Lirika” (1975), “Bagʻishlov” (1977), “Paxta hidi” (1981), “Nurli nuqtalar” (1986), “Muhabbatning suvrati” (1988) kitoblari chop etilgan.
Maʼlumot uchun, 2018-yilning 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ijodkor – Gulchehra Nurullayevaga aʼzolik guvohnomasi topshirilgan edi.
“Xalq soʻzi” tahririyati ijodkorning oila aʼzolariga taʼziya izhor qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring