Shinalar uchun utilizatsiya toʻlovini sotib oluvchilar toʻlamaydi

17:23 25 Noyabr 2023 Jamiyat
286 0

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil shinalari bilan bogʻliq utilizatsiya yigʻimi boʻyicha notoʻgʻri talqindagi maʼlumotlar tarqalmoqda.

2024-2026-yillar uchun moʻljallangan Byudjetnomada 2024-yil 1-iyuldan avtomobil shinalarining har bir kilogrami uchun BHMning 0,3 foizi miqdorida utilizatsiya yigʻimini undirish taklif qilinmoqda.

Masalan, 4 ta shina (balon) yengil avtomobillar uchun oʻrtacha 6 kg dan 17 kg gacha boʻlsa, ular uchun 6 200 soʻmdan 16 200 soʻmgacha yigʻim undiriladi.

Mazkur yigʻim xaridorlardan undirilmaydi, ushbu yigʻimni shina ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan import qilayotganlar toʻlaydi.

Shuningdek, yigʻim bitta yangi ishlab chiqarilgan shina uchun bir marta toʻlanadi, yaʼni har yili undirilmaydi,

Fuqarolar avtomobil sotib olib uning balonlarini istalgan oʻlchamdagi boshqa balonga almashtirmoqchi boʻlganida ham utilizatsiya yigʻimi toʻlamaydi.

Utilizatsiya yigʻimidan tushgan pullar “Yashil makon” dasturlarini amalga oshirish uchun sarflanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер