Shimoliy Fargʻona kanalida choʻkib ketgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

15:26 18 Iyun 2021 Jamiyat
1505 0

Shimoliy Fargʻona kanalida choʻmilish uchun borgan voyaga yetmagan qiz choʻkib ketgani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 15-iyun kuni Pop tumani FVBga tumandagi “Anhor” MFYda yashagan, 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan qiz mahalla hududidan oqib oʻtgan Shimoliy Fargʻona kanaliga tengdoshlari bilan birga choʻmilish maqsadida borib, daryoga tushib, suvga choʻkib qaytib chiqmagani maʼlum qilingan edi. 12 yoshli qiz Namangan viloyati FVVning qidiruv guruhi xodimlari tomonidan topildi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер