Shifokorlarga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi

05:21 27 Aprel 2022 Jamiyat
1386 0

2022-yil 1-iyuldan olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga boʻlgan talabni mahallalar kesimida aniqlash, shifokorlarni jalb etish va ehtiyojga koʻra kelgusida ularga uy-joy ajratish choralarini koʻriladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер