Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlarni qaysi hollarda fuqaro roziligisiz berish mumkin?
Shifokor siri hisoblangan maʼlumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga quyidagi sabablarga koʻra yoʻl qoʻyiladi:
— ahvoli ogʻirligi sababli oʻz xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida;
— yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida;
— tergov yoki sud tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning soʻrovi boʻyicha;
— 14 yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsga yordam koʻrsatilayotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun;
— fuqaroning sogʻligʻiga gʻayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud boʻlganida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring