SHHTga aʼzo davlatlar Energetika vazirlarining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Foto: Халқ сўзи
Uchrashuv Xan Sohailning kirish soʻzida SHHTga aʼzo davlatlar tarkibiga energiya resurslarining eksport va import qiluvchi, shuningdek ishlab chiqaruvchi davlatlar ham kirib, mintaqa energetika vazirlari yigʻilishi energetika sohasidagi zamonaviy muammolarga qarshi kurashish boʻyicha fikr almashish va harakatlarni muvofiqlashtirish uchun muhim maydonga aylanganini taʼkidladi.
Uchrashuvda Samarqand shahrida 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, shuningdek, toza energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturning ahamiyati va oʻz vaqtida amalga oshirilishi alohida taʼkidlandi. Mintaqada energiya resurslari savdosini taʼminlash va energiya xavfsizligiga erishish uchun tegishli infratuzilmani va toza energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqishni rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Yildan-yilga barcha mamlakatlarda energiya isteʼmoli oʻsib bormoqda. Uchrashuvda yoqilgʻi va energiya xavfsizligi boʻyicha fikrlar almashildi. Pandemiya va baʼzi mintaqaviy voqealarga qaramay, butun dunyo iqtisodiyoti oʻsib bormoqda. Yigʻilish doirasida energetika sohasidagi barcha qarorlardan kelib chiqib, mamlakatlarning kam uglerodli iqtisodiyotga oʻtishini hisobga olgan holda barcha imkoniyatlardan toʻliq foydalanishga kelishib olindi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov Global va mintaqaviy energiya boʻyicha kun tartibidagi oʻzgarishlarning holati va istiqbollari haqida oʻz takliflarini bildirdi. SHHT barcha sohalarda, shu jumladan energiya xavfsizligini taʼminlashda global va mintaqaviy masalalarni tahlil qilish va hal etishga qaratilgan hamkorlikning eng muhim platformalaridan biri ekanligi va Oʻzbekistonda energetika sohasida amalga oshirilgan ishlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va sohadagi boshqa yangiliklar borasida nutq soʻzladi.
Yigʻilishda vazirlar SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida yangi yoqilgʻi turlari va energetika sohasida modellashtirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Qoʻshma bayonotni maʼqulladilar.
2024-yilda Qozogʻiston Respublikasida navbatdagi Energetika vazirlari yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring