SHHT sammitida ilgari surilgan tashabbuslar oʻrganilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Fargʻona viloyat kengashi tomonidan kuni-kecha Samarqandda boʻlib oʻtgan SHHTning navbatdagi sammitidagi tarixiy voqelikning mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Fargʻona viloyat kengashi raisi Shohidaxon Karimova boshqarib borgan davra suhbatida tarmoq kasaba uyushmasining tuman-shahar kengashlari raislari ishtirok etdi.
Eʼtirof etish joizki, Samarqand sammiti dunyodagi eng yirik mintaqaviy tuzilmaning asosiy anjumani – yangi takliflar muhokamasi, tashkilotning kelgusi rivojlanish strategiyasi belgilab olingan tarixiy sammit boʻldi.
Prezidentimizning SHHT sammitidagi nutqi va unda ilgari surilgan xavfsizlik, barqaror rivojlanish, oʻzaro hurmat, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillariga asoslangan davlatlararo munosabatlarni yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator takliflarning mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi.
Davra suhbati yakunida SHHT sammitida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqib bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sh.Toʻxtamatov, jurnalist.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring