SHHT Milliy koordinatorlari kengashi Fargʻonada yigʻiladi
Foto: Халқ сўзи
Shu yilning 25-28-aprel kunlari Fargʻona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar milliy koordinatorlari kengashi (SHHT MKK)ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Maʼlumki, ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022-yillar mobaynida raislik qilish Oʻzbekistonga oʻtishi toʻgʻrisidagi qaror Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Dushanbedagi sammitida qabul qilingan edi. Oʻshanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning SHHTdagi raisligi doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni bayon qilgandi.
Oʻzbekiston raisligi davrida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻzaro hamkorlikda 80 dan ortiq tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, yigʻilish doirasida ishtirokchilar Qoʻqon va Margʻilon shaharlari, Rishton, Uchkoʻprik tumanlarida boʻlib, tarixiy-madaniy obidalar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishlari koʻzda tutilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring