Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Vengriya boʻladi

21:04 18 Avgust 2023 Siyosat
1349 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19-20-avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri bilan muzokara oʻtkazadi, unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatining erkaklar oʻrtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер