Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols birgalikda daraxt ekdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston-Germaniya sammiti yakunida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.
Bu Oʻzbekiston-Germaniya koʻp qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik rishtalari mustahkamlanib borayotganining ramzi boʻldi.
Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring