Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Suhbat avvalida Javdat Yilmaz davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Faol muloqotlar barcha darajalarda davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma loyiha va korxonalar soni, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar koʻpaymoqda.
Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, toʻqimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining boʻlajak navbatdagi yigʻilishi kun tartibini tayyorlash, eng avvalo, kooperatsiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring