Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradi

11:17 19 Avgust 2024 Siyosat
543 0

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Sherzod Asadov maʼlum qildi.

“Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini koʻzdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi”, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, 20-avgust kuni Nukus shahrida Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti boʻlib oʻtadi.

Avvalroq, qaysi sohada maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni eng koʻp ekanligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер