Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanida fargʻonalik qishloq xoʻjaligi mirishkorlari bilan suhbatlashdi
Foto: president.uz / Arxiv suratdan foydalanildi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifini Oltiariq tumanidan boshladi.
Prezidentimiz Oltiariq tumanida qisqa fursatda qir-adirliklarda oʻzlashtirilgan ming gektarlik “Yangi Oʻzbekiston uzumchilik bogʻi” tokzorlarida boʻlib, viloyat va tuman faollari, mirishkor dehqonlar bilan samimiy suhbatlashdi.
Oltiariq tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Shohsulton Toʻxtamatovning maʼlum qilishicha, muloqot davomida qishloq xoʻjaligida klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish, uzum mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ustuvor vazifalar ilgari surildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring