Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
Davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Nursulton Abishevich Nazarboyev 6-iyul 1940-yilda Qozogʻistonning Olmata viloyati Chemolgʻan qishlogʻida tavallud topgan. Qozogʻiston Respublikasining birinchi prezidenti sifatida mamlakatni 1990-yildan 2019-yilgacha boshqargan.
Avvalroq, Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring